Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25-yanvar kunidagi PQ 3493-sonli Qarorini xamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 22-fevral kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʼyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʼibot tadbirlari kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 84-sonli qarori ijrosi boʼyicha “ Mexnat migrantlari va yoshlar oʼrtasida OIV infektsiyasi profilaktikasi” mavzusida xamkor tashkilotlar oʼrtasida viloyatning barcha shaxar va tumanlarida seminar yigʼilishlari boʼlib oʼtdi. Ushbu seminarlarda xokimiyat qoshidagi OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlarini muvofiqlashtirish komissiyasi aʼzolari, mahalla fuqarolar yigʼinlari faollari, birlamchi bugʼin tibbiyot muassalari xodimlari, IIB uchastka nozirlari, imom xatiblar, otinoyilar qatnashdi.