Respublikada birinchi marta Sobiq Sovet Vazirlignining 1987 yil 13 martidagi № 1124 farmoyishi bilan Toshkent shahrida Respublika OITS diagnostika markazi Samarqandda esa OITS diagnostik laboratoriyasi tashkil etildi. 1988 yildan buyon respublikamizning barcha boshqaruv hududlarida OITS diagnostika laboratoriyalari ishga tushirildi.

1989 yildan boshlab ushbu markaz OITSga qarshi kurashish va profilaktika Respublika Markazi deya nomlandi.

OITSga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Markazining vazifalari qo‘yidagilardan iborat:

– OITS ga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan hududiy markazlar faoliyatining tashkiliy- uslubiy qo‘llanmalarini amalga oshirish;

– OIV infeksiyasi va uning ta’sirida yuzaga keluvchi kasalliklarning tarqalishidan ogoh etishga qaratilgan profilaktik, epidemik, diagnostik, davolash tadbirlarini amalga oshirish;

– OIV infeksiyasini yuqtirishni tezlashtiruvchi faol dalillarnini yuzaga kelishi va baholash bo‘yicha maxsus epidemiologik izlanishlarni amalga oshirish;

– OIVdan zararlangan shaxslarga to‘g‘ri tashhis quyish bo‘yicha zaruriy va malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish va ularning salomatliklarini domiy nazoratga olib, mehnatga layoqatligini saqlash;

– OIV/OITS va uning ta’sirida kasallangan bemorlar tashhisi va uni davolashni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga metodik yordam ko‘rsatish;

– O‘zbekistonda fuqarolar salomatligini himoya qilish va xalq genofoni nuqtai -nazaridan tatbiq etilayotgan OIV/OITS profilaktikasi, diagnostikasi, davosi bo‘yicha samarali uslublarni tahlil qilish va baholashni amalga oshirish;

– OIV/OITS tashhisi, profilaktikasi, davosi bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasida inson salomatligi uchun zarar keltirmaslik yo‘llarini o‘rganish va tahlil qilish, ularni shakllantirish va muvofiq ma’lumotlar bazasini yuritish;

– OIV infeksiyasini tarqatishga qarshi kurashish masalasi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tibbiy xodimlar va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirishda ishtirok etish.