Farg‘ona politexnika institutida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida yoshlar orasida OITS va OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash oyligi doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati OITS markazi mutahassisi U.Rasulov, “Meros” fondi rahbari Z.Timirova va bir guruh volontyor yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlarga o’tkazilgan ma’ruzalardan so’ng, mavzu yuzasidan videolavha namoyish etildi. Film namoyishidan so‘ng, “Meros” fondi rahbari Z.Timirova va bir guruh volontyor yoshlar so‘zga chiqib, har bir inson uchun bir marotaba beriladigan hayotda eng to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, kimlarningdir bu mavzu haqidagi gaplariga quloq solmasligi, buning oqibatida hayoti izdan chiqib ketishi to‘g‘risida qator ma’lumotlar berib, aniq misolllar bilan tushuntirishdi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozimligi. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerakligini takidlab o’tishdi. Tadbir so’ngida mavzuga oid bukletkar tarqatildi.
2 thoughts on “Farg‘ona politexnika institutida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida yoshlar orasida targibot o’tkazildi”