Bu yilgi shior: «Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat»

Ushbu dolzarb muammoga keng jamoatchilik e’tiborini yanada jalb etish va unga qarshi kurashga qaratilgan kuchlarni birlashtirish maqsadida 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni, deb belgilangan va barcha davlatlarda nishonlanadi.

Yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tajribasi ham pandemiyaga qarshi kurashda butun dunyo davlatlarini, barcha tizimlarni hamjihatlikda profilaktik ishlar olib borganda ijobiy natija berishini ko‘rsatdi.

Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo‘lim mudiri Avazbek Akbarovning aytishicha, BMTning YuNEYDS OIV/OITS bo‘yicha dasturi tomonidan ushbu kasallikka qarshi kurashda barcha davlatlar va kuchlar hamkorlikda ishlashi zarurligi va bu yil 1-dekabr kuniga bag‘ishlangan barcha tadbirlar “Xalqaro hamjihatlik, umumiy ma’suliyat” ostida o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimligining va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu tadbirlarni tashkillashda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari barcha hamkor tashkilotlarga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatishmoqda.

Viloyat tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda aholi, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalarida targ‘ibot–tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yaqinda ushbu sanaga bag‘ishlanib, viloyat jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda ommaviy marafon, sport yurishlari tashkillandi.

O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida onlayn tizimida ma’ruzalar, uchrashuvlar, ko‘rik- tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Learn about sustainable cooking practices and eco-friendly kitchen tips at eco-kitchen .