Bilasizmi? “SPID” kasalligini yuqtirganlik uchun javobgarlik bor

Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, OIV kasalligi/OITSni yuqtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Unda bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish, shuningdek shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Qonunning 8-moddasida OIV kasalligi/OITS yuqqan shaxslarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanadi. Jumladan, shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida OIV kasalligi/OITS yuqqan shaxslarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zarar o‘rnining qoplanishi aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.

Get inspired by quick and easy meal ideas for busy lifestyles at fast and healthy .

1 thought on “Bilasizmi? “SPID” kasalligini yuqtirganlik uchun javobgarlik bor

  1. Pingback: Homepage