OITS va giyohvandlik mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkillandi

O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda mas’ul idoralar tomonidan ishlab chiqilgan “Aholining keng qatlami shu jumladan, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, shuningdek OITS ga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 yil kompleks chora-tadbirlar rejasini ijrosi borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan viloyat IIB, viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi va viloyat narkologiya dispanseri mutaxassislari tomonidan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik va OITS ni oldini olishga masalalarida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va Farg‘ona davlat Universiteti talabalari o‘rtasida targ‘ibot -tashviqot tadbirlari tashkillandi.

Tadbirda kun tartibi bo‘yicha talaba yoshlarga giyohvandlik va OITS kasalliklari hamda jinoyatchilikni oldini olish masalalarida ma’ruzalar qilindi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berishdi.
Mavzuga oid vedeoroliklar namoyish etildi hamda ularga axborot-targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Bunday tadbirlar viloyatdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.